Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlarni tiklamoqda. Birinchi yo‘lovchi reysi 26 martiga mo‘ljallangan, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.
Reyslar Airbus A330−200 samolyotlarida haftasiga ikki marta — dushanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ayni paytda aviatashuvchi ham haftada bir marta, chorshanba kunlari Urumchi — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirmoqda.
Xitoyning Guanchjou shahrida joylashgan China Southern Airlines aviakompaniyasi parki hajmi bo‘yicha Osiyodagi eng yirik aviakompaniya va aviatashuvchi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, qariyb 3 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy muntazam aviaqatnovlarni tiklagandi.