Prezident Shavkat Mirziyoyev 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan bir guruh ayol-qizlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan:
- Arziyeva Marxabo Imamnazarovna — “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining navli prokat sexi metall saralovchisi, Toshkent viloyati;
- Atabayeva Omatxon Karimjanovna — Andijon shahridagi “Siyovush gold trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati haydovchisi, Andijon viloyati;
- Axmedova Zulfiya Raxmonovna — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi temirchilik-presslash sexi mashinisti, Navoiy viloyati;
- Axmedshina Faniya Avzalovna — Jizzax davlat pedagogika universitetining umumiy tarix kafedrasi professori, Jizzax viloyati;
- Begmatova Azza — O‘zbekiston davlat drama teatri yetakchi sahna ustasi;
- Qobilova Mavluda Umrzoqovna — Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining bo‘lim yetakchi muhandis-texnologi, Qashqadaryo viloyati;
- Mazaxidova Nadira Tashpulatovna — Qo‘qon shahridagi “Qo‘qon yor-yori” ashula va raqs folklor-etnografik ansambli musiqa rahbari, Farg‘ona viloyati;
- Mamatkulova Aysara Berdikulovna — Sardoba tumanidagi “Nurafshon dala sari” fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati;
- Matyakubova Mexriban Kadamovna — “Hunarmand” uyushmasining Xiva shahar bo‘limi a’zosi, kashtachi, Xorazm viloyati;
- Narmuradova Maxbuba Akramovna — Samarqand shahar obodonlashtirish boshqarmasining farroshlar brigadasi boshlig‘i, Samarqand viloyati;
- Rajabova Marhabo Muxammadiyevna — Qorako‘l tumanidagi “Xosiyatli Qorako‘l nuri” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Buxoro viloyati;
- Rasulova Muqaddam Mansurjonovna — O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi direktori;
- Saidmurodova Maksuda — Mingbuloq tumani mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘ining maslahatchisi, Namangan viloyati;
- Xaitova Ayjomal Nazirovna — Oltinsoy tumanidagi “Tuyaqush tillolari” oilaviy korxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati;
- Xojametova Zamira Jumabayevna — Qo‘ng‘irot tumanidagi “Kungrad agro-solodko system” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
“Do‘stlik” ordeni bilan:
- Aytbagambetova Aybatsha Bekberdiovna — Guliston shahridagi “Do‘stlik” madaniyat markazi xoreografi, Sirdaryo viloyati;
- Alimova Arzixan Abdillayevna — “Hunarmand” uyushmasining Jizzax viloyati boshqarmasi a’zosi, quroqchi;
- Atalikova Yevgeniya Vladimirovna — Quvasoy shahridagi “Quvasoysement” aksiyadorlik jamiyatining xomashyoni qayta ishlash uchastkasi kran mashinisti, Farg‘ona viloyati;
- Bayramova Natalya Shamuratovna — Tuproqqal’a tumanidagi “Matyoqub Qodir” chorvachilik fermer xo‘jaligi texnologi, Xorazm viloyati;
- Vasileva Tatyana Aleksandrovna — “O‘zaeronavigatsiya markazi” davlat unitar korxonasining Havodagi harakatni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi Toshkent markazi hududiy bo‘linmasi dispetcheri;
- Djurakulova Saodat Eshqobilovna — Boysun tumani hokimining o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;
- Ismailova Gavxar Abdumananovna — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining Mis eritish zavodi misni elektrolizlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati;
- Kaipova Gulistan Sarsenbayevna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Qoraqalpog‘iston filiali jonlantirish bo‘limi shifokori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Kayumova Maxfuza Abdinabiyevna — Paxtachi tumanidagi “Paxtachi agro hamkor tomorqa xizmati” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Samarqand viloyati;
- Lyan Yekaterina — Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining issiqxonada sabzavot, poliz ekinlari genetikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi laboratoriyasi mudiri;
- Nasridinova Shoxida Taufikovna — Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Milk Foods Trade” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Toshkent shahri;
- Nesterovich Lyudviga Petrovna — O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, haykaltarosh;
- Riskulova Aynogul Junusovna — Marhamat tumanidagi “Marhamat 112-qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati pardozchisi, Andijon viloyati;
- Salimova Manzura Alimovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi;
- Sariyeva Nurbibi Baymaxanovna — Konimex tumanidagi “Qorako‘l Uchtepa sur” mas’uliyati cheklangan jamiyati cho‘poni, Navoiy viloyati;
- Xalbayeva Dilrabo Djurabekovna — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi;
- Cho‘liyeva Ziynat Boboyevna — “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Buxoro filiali axborot xavfsizligi va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini boshqarish bo‘limi muhandisi, Buxoro viloyati;
- Ergasheva Tanzila Nizamovna — Namangan shahridagi “Art Soft Tex” mas’uliyati cheklangan jamiyati tikuvchisi, Namangan viloyati;
- Yuldasheva Mavluda Melikovna — Shahrisabz shahridagi “Ipak yo‘li” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, Qashqadaryo viloyati.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan:
- Dadaboyeva Manzuraxon — Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori, Andijon viloyati;
- Zoirova Aziza Ibragimovna — Qarshi davlat universitetining fransuz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati;
- Zoxidova Mamuraxon Nasilloyevna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining o‘quv-metodika va harbiy-vatanparvarlik bo‘limi boshlig‘i, yozuvchi;
- Mirzayeva Mehriniso Latipovna — G‘ijduvon tumanidagi “Marjona E’zoza” nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, Buxoro viloyati;
- Eshmamatova Dilorom Baxramovna — Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, Toshkent shahri.
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan:
- Gadoyeva Dilfuza Mustafoyevna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali og‘ir kuyish jarohatlari bo‘limi katta hamshirasi, Buxoro viloyati;
- Xolmurodova Zamira Baxromovna — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filiali nevrologiya bo‘limi mudiri, Jizzax viloyati;
- Shavazova Muhabbat Ismatovna — Respublika perinatal markazining chaqaloqlar anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi anesteziolog-reanimatologi;
- Yuldasheva Rayxon Sayfidinovna — Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali ko‘z jarrohi, Samarqand viloyati.
“Sog‘lom turmush” medali bilan:
- Madaliyeva Feruza Maxamadovna — “Taraqqiyot” aholining turmush tarzini rivojlantirishga ko‘maklashish markazi rahbari, Farg‘ona viloyati;
- Mirzayeva Yelena Sadullayevna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Foreign Languages” telekanali xorijiy tillardagi ilmiy-ma'rifiy va badiiy dasturlar muharririyati bosh muharriri;
- Erkayeva Shoira Bahramovna — Qamashi tumanidagi “Mironshoh va Ibrohimjon” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati.
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan:
- Aleuova Gulistan Userbayevna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining xalqaro-huquqiy masalalar bo‘yicha katta yordamchisi;
- Axatova Zamira Rustamovna — Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, Samarqand viloyati;
- Rasulova Lola Anvarovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasining “Xo‘jayli” chegara bojxona posti katta inspektori;
- Raxmatova Gulzoda Shovrukjonovna — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchisi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan:
- Aytmuratova Sarbinaz Yelmurat qizi — Nukus shahridagi Yoshlar texnoparkining innovatsion loyihalarni jalb qilish va saralashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Davronova Sharifa Jamsherovna — Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi;
- Mannopova Fotima Said qizi — Toshkent shahridagi “Techno time academy” robototexnika maktabi direktori.
“Shuhrat” medali bilan:
- Abdiyeva Mu’tabar Arslonovna — Sirdaryo tumanidagi “Reka-Med Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyatining infuzion eritmalar ishlab chiqarish sexi yig‘uvchi-qadoqlovchisi, Sirdaryo viloyati;
- Abdukadirova Saida Islamovna — “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining “Toshkent issiqlik elektr stansiyasi” filiali markazlashtirilgan ta’mirlash sexi kran mashinisti, Toshkent viloyati;
- Azimova Gulmira Djaxanovna — Samarqand viloyati transport boshqarmasining tramvay liniyalarini ekspluatatsiya qilish direksiyasi tramvay haydovchisi;
- Artikova Dilnoza Ilxombayevna — O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Xorazm viloyati bo‘linmasi raqqosasi;
- Voxidova Nilufar Umarovna — “Hunarmand” uyushmasining Chust tumani bo‘limi a’zosi, do‘ppido‘z, Namangan viloyati;
- Dauletmuratova Zulxumar Maxsetovna — Xo‘jayli tumanidagi 2-oilaviy bolalar uyi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Ziyatova Maxmuda Mamatqulovna — Sharof Rashidov tumanidagi “Maxmuda Zarina Zarifa” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori, Jizzax viloyati;
- Ismadiyarova Dilaram Tulkunovna — O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi mutaxassisi, “Oqila ayollar” harakati a’zosi;
- Kasimova Shaxzodaxon Ramizidinovna — O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Fan va innovatsiyalar boshqarmasi bosh mutaxassisi;
- Kasimova Shoira Satvoldiyevna — Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyisi;
- Qaxorova Iroda Iminjonovna — Uychi tumanidagi “Ziyokor” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli, Namangan viloyati;
- Qilicheva Oysha Tenglashevna — Nurota tumanidagi “Muruvvat” nogironlar uchun erkaklar internat uyi xo‘jalik bekasi, Navoiy viloyati;
- Mexmonova Ro‘zixon Abduvaliyevna — Baliqchi tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi ishchisi, Andijon viloyati;
- Mustafayeva Shaxnoza Bayzakovna — Yangiyo‘l shahridagi “Dugonalar” nogiron ayollar jamiyati raisi, Toshkent viloyati;
- Muxutova Lola Muhammadovna — Olot tumanidagi “Olot kashtado‘zlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Buxoro viloyati;
- Nurjanova Saboxat Shomuratovna — “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi ekskursovodi, Xorazm viloyati;
- Samiyeva Guzal Muxitdinovna — Sariosiyo tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, Surxondaryo viloyati;
- Sulaymonova Gulchexra Toxir qizi — “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyatining ko‘prikli kran mashinisti;
- Usmonova Gulnora Xoshimjonovna — Bag‘dod tumanidagi “Gulnora Matqulobod bodomlari” ishlab chiqarish kooperatsiyasi rahbari, Farg‘ona viloyati;
- Fayzullayeva Nasiba Nurullayevna — “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining polipropilen qop ishlab chiqarish sexi operatori, Navoiy viloyati;
- Xaliyarova Xabiba Alekseyevna — G‘uzor tumanidagi “Mohigul Mohlaroyim jilosi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Qashqadaryo viloyati;
- Xodjibolayeva Ra’no Odilovna — Farg‘ona shahridagi “Surxtepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi, Farg‘ona viloyati;
- Sherova Zulfiya Maxmudovna — Sho‘rchi tumanidagi “Sho‘rchi Aziz agrofirma” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Surxondaryo viloyati.
Shuningdek, prezidentning tegishli qaroriga binoan quyidagilar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi:
- Niyetbayeva Hurliman Amanbay qizi — Qoraqalpoq davlat universitetining 3-bosqich talabasi;
- Samandarova Barno Tozaboy qizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
- Abdukarimova Feruza Ulug‘bek qizi — Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi (Andijon viloyati);
- Muxtarxo‘jayeva Durdona Mutalibjon qizi — D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi (Andijon viloyati);
- Aminova Niginabonu Baxriddinovna — Toshkent moliya institutining 2-bosqich magistranti (Buxoro viloyati);
- G‘ayratova Gulzoda San’at qizi — Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
- Anvarbekova Charos Anvarbek qizi — Toshkent davlat agrar universitetining 1-bosqich magistranti (Jizzax viloyati);
- Shokirova Samira Salohiddin qizi — Jizzax viloyati Jizzax shahridagi 19-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
- Suyunova Madina Muhiddin qizi — Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi;
- To‘rayeva Ma’mura O‘ral qizi — Qashqadaryo viloyati Nishon tumanidagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi;
- Jalolova Lobarxon Sunnatullo qizi — Navoiy davlat pedagogika institutining 2-bosqich talabasi;
- Raxmatova Dildora Ismat qizi — Navoiy viloyati Karmana tumanidagi sport maktabining badiiy gimnastika bo‘yicha murabbiysi;
- Abdulazizova Nigora Muhammadjon qizi — Namangan davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
- Mamajonova Muxlisaxon Muzaffar qizi — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati);
- Xudoyorova Farangiz — Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Alisher Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi;
- Ergashova Baxora Sayfillo qizi — O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri (Samarqand viloyati);
- Abduolimova Zarnigorxon Alisher qizi — Guliston davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
- Obidova Hilola Ilhomjon qizi — Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Beton sanoat” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktorining o‘rinbosari;
- Ilmatova Rinata Rinatovna — Termiz davlat pedagogika institutining 1-bosqich magistranti;
- Mirzayeva Sadoqat Husniddin qizi — Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi 50-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
- Isomadinova Go‘zal Zaxriddin qizi — Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
- Yo‘ldosheva Nargiza Daston qizi — Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining 4-bosqich talabasi (Toshkent viloyati);
- Jamoliddinova Nodirabegim Baxtiyorjon qizi — Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining 4-bosqich talabasi;
- Ergasheva Nilufarxon Akramjon qizi — Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
- Ollayorova Sevinchoy Farxod qizi — Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
- Yusupova Indira Rustamovna — Urganch davlat universitetining 4-bosqich talabasi;
- Abdullayeva Shirin Baxodirovna — Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 152-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi;
- Tuliboyeva Sadoqat Akmurat qizi — Toshkent shahridagi 77-ixtisoslashtirilgan ko‘zi ojizlar maktab-internatining 10-sinf o‘quvchisi.