Toshkentdan 2-sonli Zangiota shifoxonasiga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘li Sergeli 5-bekatidan «Zangiota-2» yuqumli kasalliklar shifoxonasigacha 154-sonli yo‘nalish ishlab chiqilib, tenderga qo‘yildi. Avvalroq xodimlar va bemorlar transport yo‘qligidan shikoyat qilgandi.

Toshkentda yana chang bo‘roni kuzatildi

Poytaxtdagi yo‘l chetlari va ko‘plab qurilish obyektlaridagi chang-to‘zon shamol ta’sirida havoga ko‘tarildi. Bu «Gazeta.uz» muxbirlari tasvirga olgan videolarda ham yaqqol aks etgan.

Toshkentda yuk poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketdi

Toshkent shahridagi Hamza stansiyasining birinchi yo‘lida yuk poyezdining 3 ta bo‘sh vagoni relsdan chiqib ketdi. «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi tegishli tarkibiy bo‘linmalar voqea sabablarini o‘rganish boshlaganini bildirdi.

Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogida kumush medalni qo‘lga kiritdi

47 yoshli atlet Oksana Chusovitina Bokuda o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining 3-bosqichida kumush medalga ega chiqdi. Bungacha o‘tgan 2 bosqichda u 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgandi.

2023 yilda budjetga xususiylashtirishdan 10 trln so‘m tushishi mumkin — Iqtisodiyot va moliya vazirligi

2023 yilda davlat aktivlarini xususiylashtirish O‘zbekiston davlat budjetiga 10 trln so‘m daromad keltiradi, deb taxmin qilmoqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi. Bu oldingi yilgi prognozga nisbatan 66,6 foizga ko‘p. Daromadlar davlat budjeti taqchilligini qoplashga yo‘naltiriladi.

O‘zbekistonda Avstriya va Germaniyaga migrantlarni tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilishi mumkin

O‘zbekiston Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Avstriyaning «eee Austria» kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv o‘tkazildi. Unda Avstriya va Germaniya mehnat bozorlarida ishga joylashish uchun migrantlarini tayyorlash va malakasini oshirish markazini tuzish masalasi muhokama qilindi.

Poytaxtda elektr ta’minotini yaxshilashga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi

Toshkent shahrining elektrga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida Yuqori Chirchiq tumanida 2023 yil yakunigacha 2 ta quyosh fotoelektr stansiyasini qurish loyihasining birinchi bosqichi quvvatlari ishga tushiriladi. Shuningdek, elektr tarmoqlarini rivojlantirish loyihasiga 3,5 trln so‘m yo‘naltiriladi.

Buxoroda avtobusda qizga tegajog‘lik qilgan yigit 15 sutkaga qamaldi

Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani xabar qilingandi. Viloyat IIB uning shaxsiga aniqlik kiritib, 15 sutkaga qamalganini ma’lum qildi.

Majburiy ijro byurosiga yangi direktor tayinlandi

Prezident farmoni bilan Muzaffar Egamberdiyev Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi. U shu paytga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Bekzod Shukurov bosh vazirga matbuot kotibi bo‘ldi

Bosh vazir matbuot kotibi lavozimiga avval hukumatning Ommaviy kommunikatsiyalar va axborot ochiqligini ta’minlash masalalari shu’basi mudiri lavozimida ishlagan Bekzod Shukurov tayinlandi.

Shuxrat Xudaykulov Uzbekistan Airways boshqaruvi raisi etib tayinlandi

Bunga qadar kompaniyaga O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Samarqandda 18 yoshli qiz o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘ldi

Oqdaryo tumanida 18 yoshli talaba qiz ko‘prikdan o‘zini daryoga tashlab, halok bo‘ldi. Uning o‘lim sababini aniqlash uchun sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlandi.

Toshkent viloyatidagi xonadonda itlar so‘yib kelingani aniqlandi

Tarmoqlarda Yuqori Chirchiqdagi xonadonlarning birida itlar shafqatsizlarcha o‘ldirilayotgani xaqida xabar tarqaldi. Toshkent viloyati IIBB holat Yassaviy kolxozidagi uyda sodir bo‘lgani va xonadon egasi 25 dona itni sanitariya qoidalariga zid ravishda saqlagani va ularni so‘yib kelganini ma’lum qildi.

«Gazeta.uz»da e’lon qilingan maqola:

«Hayot hamin». Karikaturalar personaji Toshmurod — hayoti va falsafasi, «kultur-multur» va mentalitet haqida

Jasur Rahimov — Samarqandlik illyustrator. 2012 yilda u AQShga jo‘nab ketdi va Uzbekistan Illustrated loyihasi uchun yangiliklarni sharhlaydigan hajviy personaj Toshmurodni o‘ylab topdi. Boshlovchi yubileyi munosabati bilan biz rassomdan Toshmurod, uning falsafasi va milliy qadriyatlar haqida so‘radik.