«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda foydali va yengil hazm bo‘luvchi bahoriy salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
«Bahor» salati
Barra ko‘katlar, karam va rediskali salat — bahor va yoz mavsumining belgisidir.
Sabzavotli yengil salat
Ushbu salatga pomidor va sabzi qo‘shilgani sabab u yorqin tusga ega bo‘lib, istalgan taomingizga qo‘shimcha bo‘la oladi.
Yalpizli aralashma qo‘shib tayyorlangan salat
Atigi 2 masalliqdan ham mazali salat tayyorlash mumkin ekan, bunda sabzavotlarga yalpizli aralashmadan quyishning o‘zi kifoya.
Bodring va karamli salat
Juda foydali, ayniqsa hamyonbop salatlardan biri karam va bodringli salat.
Rediskali nordongina salat
Tez va oson tayyorlaniladigan bunday salat ishtahani ochib, har qanday taom bilan «yaxshi ketadi».
Gruzincha yengil salat
Gruzinchadan tarjima qilinganda «ko‘klam» degan ma’noni anglatuvchi bu salat haqiqatdan ham juda mazali va sersuv ta’mga ega.
Bodring va ko‘katli salat
Bu salatning kaloriyasi pastligi sababli parhez tutuvchilarga ham tavsiya qilinadi.
No‘xat va sabzavotli salat
No‘xat va sabzavotlardan iborat antiqa va mazali salat.
Karam va pomidirli salat
Tayyorlash jarayoni atigi bir necha daqiqani oluvchi bu ajoyib salat karam va pomidorning ajoyib birlashmasi bo‘ladi.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.