Toshkent-Qarshi, Samarqand-Toshkent yo‘nalishlarida qo‘shimcha, Samarqand-Shahrisabz yo‘nalishida esa birinchi marta tezyurar yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi, deya xabar bermoqda «O‘ztemiryo‘lovchi» kompaniyasi matbuot xizmati.
Bayram kunlarida yo‘lovchilarni tashish maqsadida 17 martdan 23 martgacha 767/768-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand «Afrosiyob» elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 6 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
- 767-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 11:09-Toshkent 13:19;
- 768-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 13:40-Samarqand 15:48.
20−21 mart kunlari 780/779-sonli Toshkent-Qarshi-Toshkent «Afrosiyob» elektropoyezdi yo‘nalishida qo‘shimcha 2 ta reys harakati yo‘lga qo‘yiladi. Poyezd amaldagi jadval asosida harakatlanadi:
- 780-sonli Toshkent-Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
- 779-sonli Qarshi-Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.
Shuningdek, 20 mart sanasidan boshlab har kuni yangi 07/08-sonli Shahrisabz-Samarqand-Shahrisabz yo‘nalishida tezyurar yo‘lovchi poyezd harakati yo‘lga qo‘yiladi va harakat jadvali quyidagicha bo‘ladi:
- 7-sonli «Shahrisabz-Samarqand» yo‘nalishi: Shahrisabz 07:03 — Samarqand 10:54;
- 8-sonli «Samarqand-Shahrisabz» yo‘nalishi: Samarqand 17:52 — Shahrisabz 21:22.