Toshkent IIBB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan poytaxtning Olmazor tumanida devor qulagani haqida ma’lumot yuzasidan bayonot berdi.
Unda aytilishicha, 14 mart kuni taxminan soat 00:45 larda Olmazor tumani Guruch-ariq ko‘chasida joylashgan qariyalar uyining balandligi 3 metr, uzunligi 14 metr bo‘lgan devori qulab tushgan. Hodisaga poytaxtda kuzatilgan kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan.
Natijada, devor oldida turgan Nexia avtomashinaga shikast yetgan. Jarohat olganlar yo‘q.