O‘zgidromet xizmati agentligi matbuot xizmati 16−23 mart kunlari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.
Havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori tog‘li hududlarida, jumladan:
- Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
- Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.