«Toshshahartransxizmat» korxonasi Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi avtobuslar qay tartibda faoliyat yuritishi borasida ma’lumot berdi.
Prezident farmoni bilan Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida 18−22 mart sanalari dam olish kunlari sifatida, 11 va 25 mart kunlari esa ish kunlari etib belgilangandi. Ushbu kunlarida transport harakati quyidagicha amalga oshiriladi:
- 18 mart — shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 19, 20, 21, 22 mart — shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
- 25 mart — ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.