«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda Navro‘z dasturxoni uchun mazali va bayramona pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Asalli noodatiy qush tili
Asalli qiyomga ega noodatiy qush tili — bayram dasturxoni uchun ayni muddao.
Gaz pechida pishirilgan qush tili
Pechda pishirilganiga qaramay, bunday qush tili maza va qarsildoqlikda yog‘da qovurilganidan qolishmaydi.
Bo‘g‘irsoq
Ular ayniqsa issiqligida mazali bo‘ladi, ammo xamirida tuxum yo‘qligi sababli, bo‘g‘irsoqlar soviganida ham o‘z yumshoqligini saqlab qoladi.
Chak-chak
Chak-chak ko‘p masalliqlarni talab qilmaydi, ammo juda mazali pishiriq.
Turkcha oshirma xamirli plyushkalar
Bu bulochkalar oson tayyorlanadi. U alohida yeyilganda ham, murabbolar bilan ham bir-xilda mazali bo‘ladi.
Paxlava
Barcha sevadigan pishiriq — yong‘oq, mayiz va asal qiyomli paxlava.
Tayyor filo xamiridan pistali paxlava
Yupqa filo xamiri qatlamlari, issiq shakar siropi, eritilgan sariyog‘ va pista — mashhur sharqona shirinlikning siri.
Turshak va olxo‘rili rogaliklar
Quritilgan mevalar bilan to‘ldirilgan rogaliklar yumshoq va qarsildoq bo‘lib chiqib, shakarsiz ham juda mazali bo‘ladi.
Xolvaytar
Xolvaytar — sevimli shirinliklardan biri. U milliy bayramlarni nishonlayotganda albatta dasturxonning to‘ridan o‘rin egallaydi.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.