Toshkentda Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan har kuni 19:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati uchun berkitiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.
Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
- Tepa masjidi Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Bektemir tumani bo‘yicha:
- Alibek masjidi M.Avezov ko‘chasidan X.Boyqaro ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yashnobod tumani bo‘yicha:
- Islom ota masjidi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi ikkinchi darajali yo‘ldan Zarkent va Obishir ko‘chalariga qadar harakat cheklanadi.
- Ali ibn Abu Tolib masjidi Cho‘lpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Mirobod tumani bo‘yicha:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi Yangi-Qo‘yliq-Fayziobod ko‘chalari kesishgan chorrahadan Fayziobod 5-tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
- Qo‘yliq ota masjidi TXAY-Qo‘yliq ota ko‘chalari kesishgan chorrahadan Yangi Qo‘yliq tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Sergeli tumani bo‘yicha:
- Ma’ruf ota masjidi Choshtepa ko‘chasidan Chosh tepa 1-tor ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi. (Temir panjara — 20)
- No‘g‘ayqo‘rg‘on masjidi Yangi Sergeli-Nug‘ayqo‘rg‘on KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yakkasaroy tumani:
- Usmon bin Ma’zum masjidi KXAY-Fayzli Toshkent chorrahasidan KXAY-Qushbegi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
- Yakkasaroy masjidi Sh.Rustaveli-Yakkasaroy chorrahasidan Yakkasaroy-Bog‘u-bo‘ston chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
- Rakat masjidi J.Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Yangihayot tumani:
- Niyozmat ota masjidi TXAY-Binokor chorrahasidan Pastdarxon mahallasiga kirish qadar harakat cheklanadi.
Shayxontohur tumani bo‘yicha:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi Ko‘kcha Darvoza-Nurafshon chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza Beshqayrag‘och chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
- Kamolon masjidi Bunyodkor-Kamolon chorrahasidan Kamolon-Ustazoda 2-tor chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Olmazor tumani bo‘yicha:
- Ҳастимом masjidi Nurafshon-Qorasaroy chorrahasidan Qorasaroy-A.Qodiriy chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
- Islomobod masjidi KXAY-Sag‘bon chorrahasidan Nurafshon-Sag‘bon chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi Sag‘bon-Sag‘bon 12-tor chorrahasidan Keles yo‘li-Noraztepa chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yunusobod tumani bo‘yicha:
- Mirza Yusuf masjidi Bog‘ishamol ko‘chasida Shivili ko‘chasiga qadar harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani bo‘yicha:
- Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi Katta Qani aylanmasidan Lutfiy-Katta Xirmontepa ko‘chasi chorrahasigacha qadar harakat cheklanadi
- Hazrati Ali masjidi Nazarbek-Maxorat chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshari 1-tor ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.
Chilonzor tumani bo‘yicha:
- Novza masjidi Bunyodkor-Muqumiy ko‘prik tagidan Oliy Majlis qarshisigacha qadar harakat cheklanadi.
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi Al-Xorazmiy-Gavhar chorrahasidan So‘galli ota ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.
- Ubay ibn Ka’f (Bo‘rijar) masjidi Al-Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha qadar harakat cheklanadi.
Yopiladigan ko‘chalarni ushbu xaritadan ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi. Taroveh namozlari 22 martdan o‘qiladi.