“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda Ramazon oyida ro‘za tutuvchilar shuningdek, mazali nonushta tayorlashni istagan barcha uchun saharlik uchun taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Quritilgan mevalar va olma bilan pishirilgan guruchli bo‘tqa
Guruchli bo‘tqa saharlik uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta’minlaydi.
Xamir ichida pishloqli sosiskalar
Xamir ichida pishloq qo‘shilgan sosiskalar — oson va uy sharoitida tayyorlash mumkin bo‘lgan juda mazali pishiriq.
Lavash xamiridan tayyorlangan pomidor va pishloqli konvertchalar
Ushbu taom yetarlicha to‘yimli, ishtahaochar ko‘rinishga ega. Qolaversa katta va kichikka birdek yoqadi.
Tvorogli ponchiklar
Bunday qizilyanoq bo‘g‘irsoqlar asosan issiq holida yaxshi, agar uning ustiga shakar upasini sepib, sut yoki choy bilan dasturxonga tortsangiz, undanda a’lo bo‘ladi.
Kruassanli sendvichlar
Tayyor kruassanlardan oson va tez nonushta.
Menemen — turkcha qovurilgan tuxum
Menemen — pomidor va bulg‘or qalampiri solib pishiriladigan turklarning milliy nonushtasi hisoblanadi.
Apelsinli granola
Granolani oldindan tayyorlab qo‘ysangiz, saharlikda bunday lazzatli taomdan bahramand bo‘lasiz va anchagina vaqtingizni tejaysiz. Tarkibidagi yong‘oqlar sababli u juda to‘yimli va foydali.
Nonushtabop galetalar
Galetalar uchun xamirni oldindan tayyorlab qo‘ysangiz, ishingiz anchagina yengillashadi.
Pomidor va pishloqli fransuzcha tostlar
Mazali va oson tayyorlanuvchi fransuzcha tostlar barchaga yoqishi aniq.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.