Foto: Abdullo Yodgorov / “Gazeta.uz”
Sergelida ayol uch bolasi bilan o‘zini to‘qqizinchi qavatdan tashlab yuborgani aytilmoqda
Toshkentning Sergeli tumanida ayol uch nafar farzandi bilan o‘zini to‘qqizinchi qavatdan tashlab yuborgani aytilmoqda. Bosh prokuratura matbuot xizmati tezkor-tergov guruhi voqea joyida o‘rganish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.
Кириллчада
3 aprel 2023, 22:29
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Sergeli tumanida ayol 3 nafar farzandi bilan o‘zini 9-qavatdan pastga tashlagani haqida xabar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ayni damda tezkor-tergov guruhi voqea joyida o‘rganish ishlarini olib borayotganini ma’lum qildi.
“Natijasi bo‘yicha xabar beriladi”, — deya ma’lum qildi u.
Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinganicha yo‘q.
Telegram kanalga a'zo bo‘ling