Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 tabronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bedli.
Xususan, -68 kg vazn toifasida bahs olib borgan Tokio-2020 Olimpidasi chempioni Ulug‘bek Rashitov finalda eronlik Doniyol Bozorg‘ishobdan ustun kelib, 1- oltin medalga ega chiqdi.
-68 kg vazn bo‘yicha g‘oliblar:
- Ulug‘bek Rashitov (O‘zbekiston)
- Doniyol Bozorg‘ishob (Eron)
- Rizo Kalgor (Eron)
Shuningdek, -80 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Jasur Jaysunov ham turnir g‘olibiga aylandi. Jahon chempioni Svetlana Osipova esa (+73 kg) bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Qayd etish joiz, ushbu turnir litsenzion xarakterga ega bo‘lib, dekabr oyida o‘tadigan yana bir “Katta dubulg‘a” musobaqasi yakuniga ko‘ra, Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining dastlabki litsenziatlari aniqlanadi.