Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining 2-bosqichida o‘zbekistonlik Taxmina Ikromova 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
U oltin medalga tasmadagi mashqda sazovor bo‘ldi. To‘pdagi dasturda esa bronza medaliga ega chiqdi. Shuningdek, ushbu bosqich doirasida ko‘pkurash yo‘nalishida ham bronza medali bilan taqdirlandi.
Tasma:
- Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) — 30.900;
- Eljana Taniyeva (Qozog‘iston) — 30.900;
- Barbara Domingos (Braziliya) — 30.650.
Taxmina Ikromovaning тўпдаги dasturdan so‘ng olgan bronza medali / Foto: MOQ
To‘p:
- Stiliyana Nikolova (Bolgariya) — 35.000.
- Sofiya Rafaeli (Italiya) — 33.150.
- Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) — 31.750.
Taxmina Ikromova avvalroq Gretsiyada o‘tgan Jahon kubogining 1-bosqichida kumush medalni ham qo‘lga kiritgandi.
Sportchi ushbu muvaffaqiyatiga bulavada bajargan dasturida erishdi. Uning chiqishi hakamlar tomonidan 31.700 ball bilan baholandi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning yakuniy — 3-bosqichi 14−16-aprel kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.