15-aprel kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon viloyatida sezildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.
Toshkent vaqti bilan 14:49 da (15.04.2023-yil, Grinvich bo‘yicha 09:49 da) Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila koordinatalari: 40,87 gradus shimoliy kenglik; 73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4. Chuqurlik 15 km.
Zilzila epitsentri Toshkentdan 320 km janubi-sharqda. O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Xonobod shahrida 3 ball, 8 km.
- Qo‘rg‘ontepa tumanida 2−3 ball, 16 km.
“Gazeta.uz” avvalroq zilzila haqida mavjud afsona va haqiqatlar yuzasidan seysmologlar bilan gaplashgandi.
Shuningdek, zilzila paytida nima qilish va unga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligi xususida batafsil qo‘llanma e’lon qilgandik.