Toshkent metropoliteni Ramazon hayiti kuni o‘z faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlaydi. Bu haqda DUK matbuot xizmati xabar qildi.
“Ramazon hayiti ayyomi kunida metro poyezdlari harakati intervali doimiy jadval asosida soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi mamlakatda Ramazon hayiti qaysi kuni nishonlanishi haqida 20-aprel kuni e’lon qilinishini bildirgan edi.
“O‘zbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun ishchi guruh shug‘ullanmoqda. Hayitning 21-aprel, jumaga to‘g‘ri kelishi haqida dastlabki xulosalar mavjud”, — deyiladi xabarda.