O‘zbekiston musulmonlari idorasi 21-aprel, juma kuni Ramazon hayiti namozining hududlarda o‘qiladigan vaqtlarini e’lon qildi.
Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi. Xususan:
- Andijon viloyati — 05:50;
- Buxoro viloyati — 06:20;
- Jizzax viloyati — 06:10;
- Navoiy viloyati — 06:20;
- Namangan viloyati — 05:50;
- Samarqand viloyati — 06:20;
- Sirdaryo viloyati — 06:00;
- Surxondaryo viloyati — 06:15;
- Toshkent viloyati — 06:00;
- Toshkent shahri — 06:00;
- Farg‘ona viloyati — 05:50;
- Xorazm viloyati — 06:30;
- Qashqadaryo viloyati — 06:20;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 06:40.
Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan maxsus avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi. Ular soat 04:00 dan 07:00 ga qadar fuqarolarning masjidlarga kelib-ketishi uchun harakatlanadi.
Toshkent metropoliteni ham o‘z faoliyatini tonggi 04:00 dan boshlaydi. Bayram munosabati belgilangan boshqa dam olish kunlari metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida — soat 05:00 dan harakatlanadi.