“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda mazali va noodatiy, shu bilan birga o‘ziga xos Osiyo taomlari retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Uyda tayyorlangan koreyscha kim-pab rollari
Kim-pab janubiy Koreya oshxonasining milliy taomi bo‘lib, betakror ta’mga ega.
Tuxumli ramyon
Bu mazali va to‘yimli sho‘rvaнинг asosida bulon, lapsha, tuxum va ko‘k piyoz, va xohishga ko‘ra boshqa qo‘shimchalar bor.
Tovuq va sabzavotli vok lapshasi
Tovuq va sabzavotli vok lapshasini uy sharoitida tayyorlash oson, asosiysi — masalliqlarni tez qovurish kerak.
Tovuqli ramyon
Sho‘rva tez tayyorlanadigan lapshadan iborat, unga qo‘shimcha ingrediyentlar solsa bo‘ladi, ularning asosiy qismi go‘sht, sabzavot, tuxumdir.
“Teriyaki” tovuqli taomi
“Teriyaki” tovuqli taomi yapon oshxonasiga mansub bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlarda ham sevib iste’mol qilinadi.
“Bao” bulochkalari
Odatda “Bao” bulochkalari yarim oy shaklida turli-xil nachinka bilan tayyorlanadi, ammo ularni oddiy bulochka shaklida pishirsa ham bo‘ladi.
Osiyocha usulda pishirilgan go‘sht va brokollili taom
Bunday usulda pishirilgan taom go‘shti yumshoq, ta’mi ham ajoyib, brokkoli karami esa qarsildoq bo‘lib, barcha vitaminlarini saqlab qoladi.
Tom Yam sho‘rvasi
Eng mashhur Tailand sho‘rvasi tom yam. Ushbu sho‘rva o‘ziga xos ta’mga va juda yoqimli hidga ega.
Asal va soya bilan marinadlangan tovuq qanotchalari
Soya qaylasi, asal, sarimsoqpiyoz va limon sharbati ta’mlarining uyg‘unlashuvi ushbu taomni yanada mazali qiladi.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.