O‘zbekistonda 30-aprel, yakshanba kuni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga ovoz berish bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi. Jarayonda 18 yoshdan oshgan fuqarolar referendum uchastkasiga kelib yoki ma’lum sabablarga ko‘ra o‘z uyida ovoz berdi.
Soat 13:00 holatiga 12 milliondan ortiq kishi yoki ro‘yxatga olingan saylovchilarning 62,24 foizi ovoz berib bo‘ldi va referendum bo‘lib o‘tgan deb topildi.
“Gazeta.uz” ovoz berishda qatnashgan keksalar, bolalar va kelin-kuyovlar suratlarini jamladi.
Foto
Sherobod tumanidagi 107-referendum uchastkasida kelin-kuyov — Farrux Qulmatov va Hayitgul Muhammadiyeva ovoz berdi.
Beruniy tumanidagi 207-sonli referendum uchastkasi, yosh kelin-kuyov.
Kasbi tumani 428-referendum uchastkasi, yosh kelin-kuyov.
Namangan tumanida istiqomat qiluvchi 107 yoshli Ibrohimjon ota Xo‘jayev referendum uchastkasiga tashrif buyurib, ovoz berdi.
Denov tumanida 100 yoshga kirgan Xurram Ishqobilov 690-referendum uchastkasiga ovoz berish uchun 95 yosh turmush o‘rtog‘i va 70 yoshli farzandi bilan keldi.
Marhamat tumanida istiqomat qiluvchi, Ikkinchi jahon urush qatnashchisi 98 yoshli Iminjon Temirov o‘zi yashayotgan hududdagi 563-referendum uchastkasiga borib, ovoz berdi.
“Shuhrat” medali sohibi Ulug‘-momo Olimova 123 yoshda. Tumandagi 985-komissiya a’zolari u yashayotgan uyga ko‘chma urna bilan bordi.
101 yoshni qarshilagan Tursunali ota Bobomurodov. U Shahrisabz tumanidagi 914-referendum uchastkasida ovoz berdi.
Mirobod tumani, 105-referendum uchastkasi.
Mirobod tumani, 105-referendum uchastkasi.
Shayxontohur tumani, 376-referendum uchastkasi.
Shayxontohur tumani, 376-referendum uchastkasi.
Mirobod tumani, 105-referendum uchastkasi.
Shayxontohur tumani, 356-referendum uchastkasi.
Mirzo Ulug‘bek tumani, 35-referendum uchastkasi.