2-may kuni Toshkent vaqti bilan 09:46 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lib, uning ta’siri O‘zbekistonda ham sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila koordinatalari: 41,72 gradus shimoliy kenglik; 71,6 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=4,3. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 205 km shimoli-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida 2−3 ball, 51 km;
- Kosonsoy tumanida 2 ball, 60 km.e