Timur Rasulovich Muhamedjonov “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi etib tayinlandi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Bungacha u “O‘zkimyoimpeks” korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
2020-yil yanvar oyidan boshlab “O‘zkimyosanoat”ga 2022-yil sentabrida bosh vazir o‘rinbosari, energetika vaziri etib tayinlangan Jo‘rabek Mirzamahmudov rahbarlik qilib kelgan. Shundan so‘ng uning lavozimi bo‘sh qolayotgandi.