Toshkentda o‘tayotgan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar ikki kun ichida yana 9 ta g‘alabaga erishdi, bir marta mag‘lubiyatga uchradi. Bu haqda boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
8-may
-54 kg vazn toifasida Oybek Jo‘rayev ilk jangida serbiyalik Tamir Galanovni (5:0) mag‘lub etib, jahon chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Lazizxon Mullojonov (-92 kg) gruziyalik Georgiy Tchiladzega hech qanday imkoniyat qoldirmadi, yakunda uni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
-60 kg vazn toifasida jang qilayotgan Mujibillo Tursunov ham uchinchi jangini muvaffaqiyatli yakunlab, marokashlik Mohamed Xamutni mag‘lubiyatga uchratdi (5:0) va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Qozog‘istonlik Sag‘indiq Tog‘amboyga qarshi ringga ko‘tarilgan andijonlik bokschilardan biri Shohjaxon Abdullayev (-86 kg) raqibini 5:0 hisobida yutib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Eng yengil 48 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Shodiyorjon Meliqo‘ziyev qozog‘istonlik Sanjar Tashkenbayga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
9-may
-75 kg vazn toifasida Aloxon Abdullayev serbiyalik Almir Memichni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
Rio-2016 olimpiya chempioni Xasanboy Do‘smatov (-51 kg) kubalik raqibi Erislan Romeroni 5:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu kubaliklarning turnirdagi ilk mag‘lubiyati bo‘ldi.
Bir kun avval serbiyalik bokschini mag‘lub etgan Oybek Jo‘rayev ushbu davrada albaniyalik Ariol Zeneli ustidan 5:0 hisobda g‘alaba qozondi.
Farg‘onalik bokschi Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev (-67 kg) belaruslik sportchi Kirill Samodurovni (5:0) mag‘lub etdi.
-71 kg vazn toifasidagi Saijmashid Jafarov jangsiz chempionatning keyingi bosqichiga yo‘l oldi. Puerto-rikolik Gabriyel Lanos jarohati tufayli ringga chiqa olmadi.
10-may kuni yarim final yo‘llanmalari o‘ynaladi.
O‘zbekiston terma jamoasining 11 nafar charm qo‘lqop ustalari chorak finalga chiqdi:
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov — Tomoya Suboi (Yaponiya) (Do‘smatov chorak finalda yaponiyalik raqibga qarshi ringga ko‘tarildi va 4:3 hisobida g‘alabaga erishdi va yarim finalga yo‘l oldi);
-57 kg: Abdumalik Xaloqov — Ishish Yusuf (Iordaniya);
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Lounes Xamraoui (Fransiya) (A ring, 15:10 dan keyin);
-71 kg: Saidjamshid Jafarov — Igor Sviridchenkov (Rossiya) (B ring, 15:25 dan keyin);
-92 kg: Lazizbek Mulloxonov — Sezar La Kruz (Kuba) (A ring, 16:25 dan keyin);
-54 kg: Oybek Jurayev — Gabriyel Eskobar (Ispaniya) (B ring, 18:40 dan keyin);
-60 kg: Mujibillo Tursunov — Vsevolod Shumkov (Rossiya) (B ring, 18:55 dan keyin);
-67 kg: Asadxuja Mo‘ydinxo‘jayev — Roniyel Igletsias (Kuba) (B ring, 19:25 dan keyin);
-75 kg: Aloxon Abdullayev — Filipp Aqilov (Vengriya) (B ring, 19:55 dan keyin);
-86 kg: Shohjaxon Abdullayev — Alfonso Dominges (Ozarbayjon) (A ring, 20:25 dan keyin);
+92 kg: Bahodir Jalolov — Qamshibek Konkaboyev (Qozog‘iston) (B ring, 21:10 dan keyin).