“Gazeta.uz” pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda hamyonbop va foydali mahsulotlardan tayyorlangan salatlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.
Sabzavotli “Achchiq” (Pikantnыy) salat
Bu oson tayyorlanadigan, hamyonbop masalliqlardan iborat, biroz achchiq, yengil va mazali salat.
Pechda pishirilgan gulkaramli salat
Lazzatli, foydali va tez tayyorlanadigan salat. Uning farqli tomoni — gulkaram pechda pishirilishi, brinza esa o‘simlik yog‘ida qovurilishida.
Avokadoli “Yashil ma’buda” salati
Mazali va yengil “Yashil ma’buda” salati, ayniqsa, qomati haqida qayg‘uradiganlarga juda yoqadi.
Qisqichbaqa tayoqchalaridan oson salat
Atigi 2 ta masalliq va zapravkadan iborat oddiy, ammo mazali salatни tayyorlab ko‘rishga nima deysiz?
Gruzincha “Atsesili” salati
Atsesili — ajoyib ta’mli gruzincha salat. Masalliqlar va ziravorlar uyg‘unligi natijasida salatning ta’mi betakror bo‘ladi.
“Bahoriy” salat
Yangi ko‘katlar, karam va rediskalik salat — bahor va yoz mavsumining belgisidir.
Qarsildoq baqlajonli salat
Qovurilgan baqlajon, pomidor, kashnich, tvorogli pishloq va balzamik krem — salatda ajoyib uyg‘unlik yaratadi.
Qizil lavlagidan salat
Qizil lavlagi, bodring va qizil piyozdan yengil, foydali, kam kaloriyali salat aynan siz uchun.
Koreyscha bodring
Biroz achchiq ta’mga ega, tez tayyorlanadigan bodringli salat . U go‘shtli taomlar bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi, achchiq ta’mi esa hech kimni befarq qoldirmaydi.
Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.
Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15.