24-may kuni Click jamoasi 36-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda tantanali tadbir tashkillashtirdi. O‘quvchilar uchun bayram dasturxoni yozildi. Animatorlar turli dasturlar, qiziqarli o‘yinlar va raqslar bilan bolajonlarni xushnud etishdi. Kam ta’minlangan bolajonlarga nogironlik aravachalari, qolgan barcha o‘quvchilarga esa esdalik sovg‘alari topshirildi.
25-may kuni aksiya ko‘zi ojiz bolalar ta’lim oluvchi 77-sonli ixtisoslashtirilgan maktabda davom etdi. Mazkur maktab o‘quvchilariga noutbuk va musiqiy asboblar sovg‘a qilindi. Barcha sovg‘alar o‘quvchilarning shaxsiy qiziqishlari va maqsadlaridan kelib chiqqan holda tanlangan: ularning ba’zilari IT sohasiga oid kasblarni egallashni orzu qilsa, boshqalari musiqachi bo‘lishni orzu qiladi. Click mazkur sovg‘alar kelajakda ushbu bolajonlarga muvaffaqiyat qozonishga imkon yaratishiga ishonch bildiradi.
28-may kuni Click kompaniyasi Aloha mental arifmetika musobaqasiga homiylik qildi. Bolakaylar tanaffus vaqtida animatorlar bilan vaqtni chog‘ o‘tkazishga va esdalikka 360 panoramali suratlar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Aloha Mental Arithmetic — xalqaro aqlni rivojlantirish dasturi. Bugungi kunda mazkur dastur bo‘yicha 35 dan ortiq davlatda 4 mln dan ortiq bolalar o‘qib kelmoqda. Bu dastur bolalarda miyaning ikkala yarim sharini, hamda ijodiy salohiyatni rivojlantiradi, yashirin iste’dodlarini ochib beradi.
Mazkur o‘quv markazida ta’lim oluvchi bolalar matematik vazifalarni yuqori tezlikda yechishni o‘rganadilar, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradilar va o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshiradilar. Ushbu ko‘nikmalar bolalarga ham ta’lim olishda, ham kelajakdagi hayotlarida asqatadi.
Click xayriyaning ahamiyati haqida
Dunyoda har bir bolakay teng imkoniyatlarga ega bo‘lishga loyiqdir, va ularning farovonligini ta’minlashda xayriya ishlari muhim o‘rin egallaydi. Bolalar — kelajakdir, demak har bir harakat ular uchun yaxshi hayotni ta’minlashga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Xayriya ishlari bolajonlarga to‘siqlarni yengib o‘tishga, o‘ziga bo‘lgan ishonchni oshirishga yordam beradi, shu bilan birga bolalarda insonparvarlik, g‘amxo‘rlik kabi fazilatlarni shakllantirishga ko‘maklashadi.
Click barchani Bolalar himoyasi kuni bilan tabriklaydi. Bolalik yangi kashfiyotlarga, shod va esda qoluvchi onlarga to‘la bo‘lishini tilaydi. Har bir bolakayning hayoti mo‘’jizalarga, mehr-muhabbatga to‘la bo‘lishini tilab qoladi.
Reklama huquqlari asosida.