4-iyun kuni Janubiy Koreyada start olgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta medal bilan yakunladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
4 kun davom etgan musobaqada o‘zbekistonliklar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 1 ta bronza — jami 9 ta medalga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida Yaponiya, Xitoy va Hindistondan so‘ng to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Oltin medal:
- Barnoxon Sayfullayeva (balandlikka sakrash);
- Xushnoza Shavkatova (uch hatlab sakrash);
- Dilshoda Usmonova (stipl-chez);
- O‘g‘iloy Norboyeva (ko‘pkurash).
Kumush medal:
- Dunyozod Sayfullayev (disk uloqtirish);
- Malika Nasriddinova (yadro uloqtirish);
- Elina Silyamiyeva (bosqon uloqtirish);
- Nodir Norboyev (o‘n kurash).
Bronza medal:
Samandar Mahmudov (o‘n kurash).