“Elektr tarmoqlarini yangilash ishlari jazirama yozda boshlangani yo‘q” — “HET” korxonasi mas’uli

“Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi Toshkent filiali direktori o‘rinbosari Bekzod Kulibayev shahar elektr ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlar sabablari, rejali ta’mirlash ishlari va avariyaviy holatlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Buxoroda 18 yoshli talaba qiz 6-qavatdan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi

Buxoroda Osiyo xalqaro universiteti talabasi ijarada yashagan uyning 6-qavatidan o‘zini tashlab, halok bo‘ldi. 18 yoshli qizning o‘z joniga qasd qilishi sabablari bo‘yicha taxminlar ishlab chiqilib, tekshirilmoqda.

Islom Karimovning o‘g‘li sudga meros bo‘yicha da’vo arizasi kiritdi

O‘zbekiston birinchi prezidentining o‘g‘li Pyotr Karimov Tatyana Karimovaga nisbatan sudga meros bo‘yicha da’vo arizasi kiritdi.

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” multimodal transport yo‘lagida yuk poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” multimodal transport yo‘lagi bo‘ylab Xitoyning Landjou stansiyasidan Toshkentga 30 ta konteynerdan iborat ilk blok poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi. Qiymati 2,5 mln dollarni tashkil etuvchi yuk poyezdi 15 kunda kelishi belgilangan.

Urganch va Buxoro aeroportlarini rivojlantirish bo‘yicha tenderlarni kuzda o‘tkazish rejalashtirilmoqda

Uzbekistan Airports rahbari Ra’no Jo‘rayeva Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va rivojlantirish, Buxoro aeroportini rekonstruksiya qilish bo‘yicha ikkita loyiha tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Kuzda xususiy sheriklarni tanlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazilishi da.

May oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 13,6 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda may oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 13,6 foizni tashkil etdi. Hududlar bo‘yicha eng yuqori inflyatsiya Namanganda sezilgan. So‘rovnoma ishtirokchilari eng ko‘p shakar va qandolat mahsulotlari narxi oshganini qayd etgan.

FT: Credit Suisse bankiga O‘zbekistondan yangi mijozlarni jalb qilish taqiqlandi

Pul yuvish, poraxo‘rlik va korrupsiya xavfini cheklash uchun Credit Suisse bankirlariga xavf darajasi yuqori mamlakatlardan yangi mijozlarni jalb qilish taqiqlandi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor.

S&P O‘zbekistonning suveren kredit reytingini BB- darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

S&P reyting agentligi O‘zbekiston suveren kredit reytingini BB- (barqaror kutilma) darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi. Agentlik prognoziga ko‘ra, 2023−2026-yillarda mamlakat YAIMining real o‘sishi o‘rtacha 5,4 foizni, aholi jon boshiga YAIM hajmi 2023-yilda 2400 dollarni tashkil etadi.

OTP Bank “Ipotekabank”dagi 75 foiz davlat ulushini sotib oldi

OTP Bank “Ipotekabank”ning O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli aksiyalardan 75 foizini rasman sotib oldi. Aksiyalarning qolgan 25 foizi 3 yillik muddatda sotib olinadi.

Toshkentdagi istirohat bog‘ida ikki kishi attraksiondan tushib ketdi

Toshkent shahrining Shayxontoxur tumanidagi “Anhor-Lokomotiv” bog‘idagi attraksiondan ayol va erkak yiqilib, kasalxonaga yotqizildi. Qayd etilishicha, ular xavfsizlik kamarini taqmagan.

Farg‘onada 7 yoshli bolani qutqarib qolgan 42 yoshli ayolni poyezd bosib ketdi

Farg‘onada 42 yoshli ayol poyezd urib yuborishi oqibatida vafot etdi. U voqeadan biroz oldin 7 yoshli bolaning hayotini saqlab qolgan, o‘zi esa poyezddan qochishga ulgurmagan.

Andijonlik yigit Suriyadagi terror tashkilot faoliyatida ishtirok etgani uchun 10 yildan ko‘proqqa qamaldi

2018-yilda “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan andijonlik aka-ukalardan biri qurolli to‘qnashuvlar vaqtida vafot etdi. Yana biriga esa O‘zbekistonda sud hukmi o‘qilib, u 10 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Qo‘qondagi bozorda sodir bo‘lgan yirik yong‘in 4 soatda o‘chirildi

Qo‘qon shahridagi “Buyuk Ipak yo‘li” bozorida sodir bo‘lgan yong‘in 4 soatda bartaraf etildi. Hodisa oqibatida yuzdan ortiq tadbirkorning mol-mulklariga zarar yetgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kolonka: Nega IPO emas?

Moliyaviy tahlilchi Karen Srapionov Gruziyaning TBC Bank banki Payme`ni sotib olishi fonida nega ochiq bozorda mahalliy xususiy kompaniyalarning moliyalashtirishni jalb qilishi yoki mahalliy ta’sischilarning birjada listing qilish orqali loyihalardan chiqishi kabi holatlarni uchratmayotganimiz haqida fikr yuritadi.