Attraksiondan yiqilgan fuqarolar holati o‘rta og‘ir darajada — SSV

SSV ma’lum qilishicha, “Anhor — Lokomotiv” ko‘ngilochar bog‘ida attraksiondan yig‘ilgan ikki fuqaroning holati o‘rta og‘ir darajada. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha narxi bir yilda 27 foizga oshdi — ITIM

May oyida poytaxtdagi ikkilamchi ko‘chmas mulkning o‘rtacha narxi 2,5 foizga ko‘tarilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga oshdi. Shahardagi ijara narxlari esa yil boshidan beri 12,1 foizga kamaydi.

Toshkentda himoya orderi talablarini buzgan AQSh fuqarosi jarimaga tortildi

Toshkentda 61 yoshli AQSh fuqarosi Maksim Penson himoya orderi talablarini buzgani va bezoriligi sabab jarimaga tortildi. U turmush o‘rtog‘i S.Razakovani turli so‘zlar bilan haqorat qilib, ayoliga nisbatan tazyiq o‘tkazgan. Sud uni 990 ming so‘m jarimaga tortdi.

Namangan viloyati Jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘iga qiynoq uchun yengil jazo tayinlandi

Namangan viloyati IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i Umid Raupovga tergov izolyatorida saqlanayotgan shaxsni qiynoqqa solgani uchun uch yil muddatga ozodlik cheklash jazosi tayinlandi. Sud jabrlanuvchining da’volari yo‘qligi hamda sudlanuvchining aybiga qisman iqrorligini inobatga olib, jazoni yengillashtirdi.

Nukusda ayol 4-qavatdan qulab vafot etdi

Nukusda 27 yoshli ayol ko‘p qavatli uyning 4-qavatidan qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Ayolning ruhiyatiga o‘tgan yilning sentabrida egizak chaqaloqlaridan ayrilgani salbiy ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.

Xorazmda daraxtlarni noqonuniy ravishda kesgan ferma raisi ozodligi 2 yilga cheklandi

Qo‘shko‘pir tumanida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtni qo‘porgan va 3 tup daraxtga shikast yetkazgan ferma raisining ozodligi 2 yilga cheklandi. Shuningdek, 193,8 mln so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni ham qoplashi belgilandi.

“Click va Uzum birlashishi to‘g‘risida rasmiy bitim tuzilmagan” — Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Click to‘lov tashkiloti Uzum kompaniyalar guruhi bilan birlashuv bitimiga oldindan rozilik olish bo‘yicha murojaat qilmaganini va kompaniyalar birlashishi to‘g‘risida rasmiy bitim tuzilmaganini ma’lum qildi.

Toshkentda 2 yoshli qizaloq qulagan devor ostida qoldi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlarning birida qurilish vaqtida uyning bir qismi qulab tushdi, oqibatda ikki yashar qizaloq devor ostida qoldi. FVV xodimlari qizni qutqarib, shifokorga topshirgan.

O‘zbekiston prezidenti Xitoy raisini 70 yoshi bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga 70 yoshga kirgani munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Shuningdek, uni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

“Hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz”. Shavkat Mirziyoyev Qo‘qondagi bozorda yuz bergan yong‘in haqida

Shavkat Mirziyoyev yong‘indan zarar ko‘rgan Qo‘qondagi bozor bir oy ichida to‘liq tiklab berilishini ma’lum qildi. “Qo‘qonlik tadbirkorlarimiz xotirjam bo‘lsin, biz hech kimni o‘z holiga tashlab qo‘ymaymiz”, — dedi prezident.

Transport vaziri basketbol federatsiyasi raisi bo‘ldi

2020-yildan beri O‘zbekiston transport vaziri sifatida ishlab kelayotgan Ilhom Maxkamov endilikda Basketbol federatsiyasiga ham raislik qiladi.

“Intermed Innovation klinikasining vajlari huquqiy asosga ega emas” — SSV

SSV Intermed Innovation xususiy klinikasi litsenziyasini sud orqali bekor qilinganini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng, Intermed Innovation kompaniyasi litsenziyani bekor qilish bo‘yicha sud jarayonini noqonuniy deb atagan edi. Vazirlik klinikaning bayonotiga nisbatan munosabat bildirdi.

O‘zbekistonga besh oy davomida 2,6 mln sayyoh keldi

Statistika agentligi O‘zbekistonga yanvar-may oylarida 2,6 mln nafar sayyoh kelgani, ularning eng ko‘pi Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyadan ekanini ma’lum qildi. Sayyohlarning 2,1 mln nafari (81,5%) mamlakatga piyoda kelgan.

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Regulyatorning qayd etishicha, yil yakuniga qadar inflyatsiyaning 8,5−9,5 foizgacha pasayishi hamda inflyatsiyani pasaytiruvchi omillar ta’sirini oshiruvchi omillarga nisbatan kuchliroq bo‘lishi kutilmoqda.

MB eskirgan banknot va tangalarni almashtirib berishni qayta tikladi

Markaziy bank muomaladan chiqarilgan banknot va tangalarni qabul qilish va ularni yangi banknotlarga almashtirishni davom ettirishga qaror qildi.