O‘zgidromet xizmati agentligi dam olish kunlari — 16−18-may sanalarida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Juma va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati ushbu davr uchun iqlimiy me’yorlardan 5−8 darajaga yuqori bo‘ladi.

Kunduzi havo +38…+41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda +42…+43 darajagacha isiydi.

Shimolda va cho‘l hududlarda shamol tezligi ba’zi joylarda 13−18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo bulutsiz bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan +38…+40 daraja bo‘ladi.