Parij markazida yuz bergan kuchli portlash oqibatida kamida 37 kishi jabrlandi, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb xabar bermoqda BBC.
Hodisa Fransiya poytaxtining beshinchi okrugidagi Amerika akademiyasi binosida yuz berdi. Portlashdan so‘ng zarar ko‘rgan binoning fasadi qulab tushgan, yong‘in yaqin atrofdagi uylarga ham o‘tgan.
https://twitter.com/CitizenFreePres/status/1671549359580909568?ref_src=twsrc%5Etfw%7Ctwcamp%5Etweetembed%7Ctwterm%5E1671549359580909568%7Ctwgr%5Ef352018fdb1f95fa5b6751a5296273593182671d%7Ctwcon%5Es1_c10&ref_url=https%3A%2F%2Fwww.gazeta.uz%2Fru%2F2023%2F06%2F22%2Fparis-blast%2F
Shahar meri o‘rinbosari Eduard Sivelning aytishicha, yong‘inga gaz portlashi sabab bo‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlashdan oldin gaz hidi sezilgan. Shahar rasmiylari portlash sabablarini hali tasdiqlaganicha yo‘q.
Yong‘inni o‘chirishda 70 ga yaqin o‘t o‘chirish mashinasi va 250 dan ortiq qutqaruvchi ishtirok etdi. Ichki ishlar vaziri Jerald Darmanen vayronalar ostidan vafot etganlarning jasadi topilishi mumkinligini istisno qilmasligini bildirdi.