“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahri filialining ma’lum qilishicha, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 23-iyun kuni poytaxtning 4 ta tumanidagi ayrim ko‘chalarda ta’minot vaqtincha to‘xtatildi.
Manzillar
Bektemir tumani: “Iyk ota” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Chilonzor tumani: “Qozirobod” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 17:00 gacha.
Yakkasaroy tumani: “Muhandislar” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Sergeli tumani: “Jaloyir” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
Yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkin.