O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan qator OAV vakillarini mukofotladi.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
- Butayev Shoyim Primkulovich — “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” davlat unitar korxonasi muharriri;
- Mirzayarov Uktam Xayrullayevich — “Guliston” va “Teatr” jurnallari bo‘lim muharriri;
- Nuritdinov Xayrulla Bokijonovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining O‘zbekiston 24 telekanali davlat muassasasi direktori.
“Do‘stlik” ordeni bilan
- Alimbekova Jumakul Maulenovna — “Nurli jol” gazetasi mas’ul kotibi;
- Aripov Maxmudjon Musinovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining O‘zbekiston 24 telekanali bo‘lim katta muharriri;
- Axrorov Mirasror Mirabrorovich — “Ovozi tojik” gazetasining Farg‘ona va Andijon viloyatlari bo‘yicha muxbiri;
- Junaydullayeva Ugiloy Inatullayevna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi guruh muharriri;
- Yerejepov Baxitbay Kengesbayevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Nukus teleradiomarkazi” filiali bosh ovoz rejissyori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
- Sadikov Xusanbori Mirganiyevich — “Mushtum” jurnali bosh rassomi;
- Shametov Baxtiyor Almetovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Toshkent” teleradiokanali" davlat muassasasi guruh bosh rejissyori.
II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan
- Kamilov Sardor Abduraximovich — Milliy telekanal mas’uliyati cheklangan jamiyatining bosh muharriri va prodyuseri;
- Omanov Muxiddin Sattarovich — “O‘zbekiston nashriyoti” davlat unitar korxonasining bolalar va badiiy adabiyotlar tahririyati mudiri;
- Radjabov Dilshod Esanovich — “Muharrir” nashriyoti bosh muharriri.
“Sog‘lom turmush” medali bilan
- Talipjanova Shafoat Manapovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Sport” teleradiokanali" davlat muassasasi bosh muharririyati katta muharriri;
- Fayziyev Davron Axmedjanovich — O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining marketing va media bo‘limi boshlig‘i.
“Shuhrat” medali bilan
- Abdunazarov Ravshan Sattarovich — “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi” davlat unitar korxonasining Surxondaryo radioteleuzatish markazi stansiya yetakchi muhandisi, Surxondaryo viloyati;
- Ajimuratov Azamat Lepesbayevich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining axborot bo‘limi boshlig‘i;
- Arslonova Jamila Amirovna — Zangiota tumani “Istiqbol” gazetasi muxbiri, Toshkent viloyati;
- Axmedov Ibroxim Raximovich — “Grand” radiostansiyasi bosh muharriri va boshlovchisi;
- Axmedov Qobuljon Xoliqovich — “Mening yurtim” telekanali bosh direktori;
- Vohidov Jur’at Samandarovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Buxoro viloyati teleradiokompaniyasi montajchisi;
- Davletova Nozimaxon Eldarovna — Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori;
- Jo‘rayev Olim Ergashevich — Buxoro viloyati hokimining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi — matbuot kotibi;
- Ismailov Muzaffar Abdullayevich — “Daryo.uz” veb-sayti rahbari;
- Kaysarov Timur Adixamovich — “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati mas’ul kotibi;
- Kenjayev Ruslan Alisherovich — “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bosh muharririning o‘rinbosari;
- Qosimova Norinisa Ergashevna — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi;
- Madumarova Baxrinsa To‘xtasin qizi — “Zamon.uz” veb-sayti bosh muharririning o‘rinbosari;
- Mazitov Abduraim Malikovich — “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining muqovalash sexi ishchisi;
- Mamirov Suyundik Maxammatovich — O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi bosh mutaxassisi;
- Muminov Ergash Abdumigatovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Oʻzbektelefilm” davlat muassasasi sahnalashtiruvchi kinorejissyori;
- Nasirova Irodaxon Xusanovna — “Zo‘r TV” telekanalining prodyuseri va boshlovchisi;
- Otaboyeva Gulnora Xosiljonovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi “Asr” studiyasi siyosiy sharhlovchisi;
- Rasulov Baxodir Baxtiyorovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24″ telekanali teleoperatori;
- Raximova Ra’no Mirfazilovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining „O‘zbekiston“ teleradiokanali” davlat muassasasi suxandoni;
- Raximxodjayev Zayniddin Xusniddinovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazi yetakchi mutaxassisi;
- Rizayev Akbar Mansurovich — O‘zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi boshlig‘i;
- Ruziyeva Fazila Muxtorovna — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining ixtisoslashgan fond va majburiy nusxalarni saqlash xizmati rahbari;
- Saidov Ikrom Tulyaganovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Maxsus avtokorxona” davlat muassasasi haydovchisi;
- Toshniyazova Gulmira Xusanovna — “Kun.uz” veb-saytining Toshkent shahri bo‘yicha muxbiri;
- Umarov Dilshod Sodikovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo bo‘ylab” telekanali" davlat muassasasi efirga uzatish bo‘limi bosh rejissyori;
- Urinbayeva Sevara Kuchkaraliyevna — O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Axborot xizmati rahbari — jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i;
- Xaitaxunov Shukur Djalilovich — Jalaquduq tumani “Jalaquduq hayoti” gazetasi muharriri, Andijon viloyati;
- Shodiyeva Lolajon Ozodovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Mahalla” radiokanali rejissyorlar bo‘limi bosh rejissyori;
- Yaxshiboyeva Ozoda Abdujalolovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi guruh muharriri.