Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan bakalavriat va magistraturaning davlat buyurtmasi va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha jami 127 259 ta o‘rin tasdiqlandi. Shundan:
- 34 930 tasi davlat granti;
- 92 329 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha jami 49 078 ta o‘rin. Shundan o‘qitish tillari:
- 42 577 tasi o‘zbek tili;
- 6501 ta rus tilida.
Kechki ta’lim shakli bo‘yicha jami 11 125 ta o‘rin. Shundan o‘qitish tillari:
- 9455 tasi o‘zbek tili;
- 1670 tasi rus tilida.
Masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha jami 2 825 ta o‘rin. Shundan o‘qitish tillari:
- 1995 tasi o‘zbek tili;
- 830 tasi rus tilida.
Magistratura bo‘yicha jami 17 128 ta o‘rin. Shundan:
- 8938 tasi davlat granti;
- 8190 tasi to‘lov-kontrakt asosida.
Bundan tashqari sog‘liqni saqlash, pedagogika, veterinariya va ijtimoiy ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti ham e’lon qilindi.
Shuningdek xotin-qizlar uchun qo‘shimcha 2000 ta davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 111;
- Andijon viloyati — 183;
- Buxoro viloyati — 112;
- Jizzax viloyati — 81;
- Qashqadaryo viloyati — 193;
- Navoiy viloyati — 60;
- Namangan viloyati — 165;
- Samarqand viloyati — 227;
- Surxondaryo viloyati — 155;
- Sirdaryo viloyati — 50;
- Toshkent viloyati — 177;
- Farg‘ona viloyati — 221;
- Xorazm viloyati — 110;
- Toshkent shahri — 155.
Besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlarining OTMlar kesimidagi taqsimoti, xorijiy va nodavlat OTMda davlat granti asosida o‘qish uchun ajratilgan 1000 ta o‘rin taqsimoti, Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 foizli qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti, Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1 foizli qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti, Harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha 5 foizli qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti ham tasdiqlandi.