Soat 21:00 dan keyin Toshkent aholisi butun shahar bo‘ylab tutun va kuyindi hididan shikoyat qila boshladi. Buni har xil tumanlarda istiqomat qiluvchi “Gazeta.uz” jurnalistlari ham tasdiqladi.
“Potrebitel.uz” Facebook-guruhida fuqarolar nafas olishga qiynalayotganini yozmoqda. Aholiga derazalarni ochmaslik tavsiya etiladi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bunga Toshkent viloyatidagi dalalarning yonishi sabab bo‘layotganini taxmin qilmoqda.
Rasmiy organlar — hokimlik, Ekologiya vazirligi, O‘zgidromet hozircha vaziyatga izoh bergani yo‘q. “Gazeta.uz” so‘rovnoma yubordi.