Toshkent havosidan nafas olsa bo‘ladimi?

3-iyul kuni erta tongda havo ifloslanishi bo‘yicha Toshkent yana dunyoda yetakchilardan biri bo‘ldi. 6-iyulga o‘tar kechasi esa shaharni tutun va kuyindi hidi qamrab oldi, havo sifati yana “zararli” darajaga chiqdi. Toshkent hokimligi va O‘zbekiston hukumati namoyishkorona sukut saqlamoqda.

“Yashil makon” doirasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi

Aziz Abduhakimov “Yashil makon” loyihasi doirasida 2 milliondan ortiq ko‘chat ekildi deb hisobotga qo‘shib yozilgani, sug‘orish tizimlari bo‘lmagan hududlarga 7,3 million tup ko‘chat ekilishiga yo‘l qo‘yilgani kabi kamchiliklar haqida ma’lum qilgandi. Shu bo‘yicha prokuratura o‘rganish ishlarini boshladi.

Urganch shahrining sobiq hokimi 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

Urganch shahrining sobiq hokimi Shuhrat Abdullayev mansab soxtakorligi va yer berish tartibini buzish bilan aybdor deb topilib, 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Tibbiyot yo‘nalishidan “superkontrakt” butunlay olib tashlanadimi? SSV rahbari javobi

Tibbiyot yo‘nalishidagi “superkontrakt” masalasida fikrim ijobiy emas, dedi sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov. Uning so‘zlariga ko‘ra, tibbiyot sohasiga kirishda “superkontrakt”ni butunlay yo‘qotish bo‘yicha hukumatga taklif kiritilgan. Qolaversa, sirtqi ta’limni ochish ham rejalashtirilmayapti.

Antikorrupsiya agentligi rahbari unga 1,5 mln dollarlik uy sovg‘a qilingani haqidagi xabarni rad etdi

O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov qaynotasi unga 1,5 mln dollarga uy olib bergani haqidagi xabarni yolg‘on deb atadi. “[Bu haqdagi xabarni] qaynotamga yuborib qo‘ydim”, — deya hazil qildi u Twitter`da.

Milliy gvardiya qoshida qo‘riqlash-patrul xizmatini tashkil etish taklif etilmoqda

Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi huzurida qo‘riqlash va patrul xizmati tashkil etilishi rejalashtirilmoqda. U qo‘riqlash xizmatlari uchun olinadigan mablag‘lar hisobidan o‘zini o‘zi moliyalashtirish tamoyili asosida ishlaydi.

Meta Twitter`ga raqobatchi — Threads ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirdi

Facebook va Instagram`ga egalik qiluvchi Meta kompaniyasi Twitter bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashishi kutilayotgan Threads platformasini ishga tushirdi.

Toshkent viloyatida IIO xodimi 13 yoshli qizchani zo‘rlaganlikda gumonlanmoqda

Sukut saqlama (Nemolchi.uz) loyihasiga may oyida qo‘shnisining tanishi tomonidan zo‘rlangan 13 yoshli qizchaning onasi murojaat qildi. Bu ishni Toshkent shahri Yashnobod tumanida faoliyat olib boruvchi profilaktika inspektori qilgani aytilmoqda.

Toshkent shahri bojxona boshqarmasi yonida yo‘l o‘tkazgich quriladi

O‘zbekiston prezidenti “muntazam ravishda yuzaga keladigan tirbandliklarni bartaraf etish uchun” Bunyodkor shoh ko‘chasi va 2-Qatartol ko‘chasi chorrahasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilishini tasdiqladi.

“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

Toshkent militsiyasi uchun yap-yangi Tico’lar, qardoshlar tekshiruvi, “kapitalizm — o‘lim to‘shagida”. O‘zbek matbuoti 6-iyulda nimalar haqida yozgan?

90 yil avval Sovet-Amerika munosabatlarini o‘rganish uchun nega alohida qo‘mita tuzilgandi? 60 yil avval O‘zbekiston qo‘shnilari bilan nimalarni tayyorlash bo‘yicha musobaqalashgan? 30 yil avval “O‘zdavneftmahsulot” rahbarlari nega qamoqqa olingandi? Bu haqda “Gazeta.uz”ning “Eski gazetalar sharhi” ruknida o‘qing.

Toshkentdagi Shimoliy vokzaloldi maydoni rekonstruksiya qilindi

Shu kunlarda poytaxtning Shimoliy vokzaloldi maydonida ta’mirlash ishlari olib borildi. Rekonstruksiyadan so‘ng hududda piyodalar o‘tish yo‘li hamda avtomobillarni qo‘yish uchun joylar ko‘paytirildi. Vokzal atrofidagi transport va piyodalar yo‘llari yangidan asfalt qilindi. Bu haqda videoreportajni tomosha qiling.