Video: Toshkentdagi Shimoliy vokzaloldi maydoni rekonstruksiya qilindi
Poytaxtdagi Shimoliy vokzaloldi maydon ta’mirlanib, avtoturargoh kengaytirildi, piyodalar yo‘lakchalari va yo‘llar asfalt qilindi. Yon-atrofdagi yashil hududlar obodonlashtirildi. “Gazeta.uz” videoreportaji.
Shu kunlarda poytaxtning Shimoliy vokzaloldi maydonida ta’mirlash ishlari olib borildi. Avtoturargohlar ko‘paytirilishidan tortib, yerosti o‘tish yo‘li va metroning Toshkent bekatiga kirish qismi ta’mirlandi, yon-atrof obodonlashtirildi.
Vokzalga tutash maydon qanday o‘zgarganini “Gazeta.uz” muxbirlari Mushtariy Oqboyeva va Ma’murjon Obrahmatov tayyorlagan videoda ko‘rishingiz mumkin.