Anhor.uz sayti shanba kuni samolyot oynasidan olingan suratlarni e’lon qildi, unda Toshkent atrofidagi dalalar yonayotgani aks etgan. Ammo aynan qaysi hudud ekani aytilmagan.

ҳаво сифати

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ekindan bo‘shagan maydonlar yonayotgani bilan bog‘liq vaziyat nazoratga olingani haqida xabar berdi.

Mazkur holat Bosh prokuratura va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq “Gazeta.uz” davlat idoralarini fuqarolarni hayotiy masalalar yuzasidan tezkorlik bilan xabardor qilishga chaqirgan edi.