Yakshanba kuni soat 8:00 da O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidentlik saylovi bo‘yicha saylov uchastkalari ochildi. Ular soat 20:00 gacha ishlaydi.
Ikki partiya bittadan nomzod ko‘rsatgani uchun bu safar besh emas, to‘rt nafar nomzod bor. Nomzodlar:
- Xalq demokratik partiyasidan — Ulug‘bek Inoyatov;
- Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP)dan (Milliy tiklanish partiyasi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan) — Shavkat Mirziyoyev;
- “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan — Robaxon Maxmudova;
- Ekologik partiyadan — Abdushukur Hamzayev.