Iyun oyida Toshkentda jami 14 mln 451 ming 129 nafar yo‘lovchi jamoat avtobusidan foydalandi. Bu may oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan 2 mln nafarga kam (may oyida — 16,5 mln dan ko‘proq yo‘lovchi).
“Toshshahartransxizmat” fuqarolar foydalangan transportlar haqida ham ma’lumot berdi. Unda keltirilishicha, bir oyda yo‘lovchilar eng ko‘p 8-sonli yo‘nalishdagi avtobusda yurgan.
- 8-sonli yo‘nalish — 308 905 kishi;
- 93-sonli yo‘nalish — 302 608 k;ishi
- 24-sonli yo‘nalish — 269 060 kishi.
8-sonli avtobus may oyidan buyon yo‘lovchilar bilan “to‘lib” harakatlanmoqda. Ungacha uzoq muddat eng ko‘p yo‘lovchi 131-sonli yo‘nalishda tashilardi.
Eng kam foydalanilgan yo‘nalishlar:
- 154- sonli yo‘nalish — 5509 yo‘lovchi
- 141- sonli yo‘nalish — 5565 yo‘lovchi
- 29- sonli yo‘nalish — 5854 yo‘lovchi.
Avtobus rusumi bo‘yicha tashilgan yo‘lovchilar soni:
1. Mercedes-Benz LF — 888 700
2. Isuzu — 1 148 172
3. Man — 2 949 724
4. Saz LE 60 — 2 103 649
5. Yutong — 1 493 613
6. King Long — 2 490 096
7. Elektrobus — 3 377 175 nafar yo‘lovchi.