Amman (Iordaniya) shahrida sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi (U-20) Osiyo chempionatida O‘zbekiston sportchilari yunon-rum kurashi bo‘yicha 8 ta medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Oltin:
-55 kg: Alisher G‘aniyev;
-63 kg: Xusniddin Olimboyev;
-72 kg: Abdullo Aliyev;
-77 kg: Azimjon Soatullayev.
Kumush:
-67 kg: Ilyosjon Abdinazarov;
-97 kg: Damirxon Rahmatov.
Bronza:
-60 kg: Quvonchbek Yaxshiboyev;
-87 kg: Abdulloh Abdumutalibov.
Umumjamoa hisobida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Erondan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi.