19-iyul kuni O‘zbekistonning 9 ta hududida zilzila qayd etildi, deya xabar qilmoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.
Zilzila soat 12:26 da yuz bergan. Uning epitsentri Afg‘oniston bo‘lib, zilzila koordinatalari 36,69 gradus shimoliy kenglik; 69,88 gradus sharqiy uzunlik.
Magnituda M=5,4. Chuqurlik 227 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 512 km janubi-sharqda.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Surxandaryo viloyatida 3 ball, 239 km;
- Samarqand viloyatida 2−3 ball, 416 km;
- Jizzax viloyatida 2−3 ball, 421 km;
- Qashqadaryo viloyatida 2−3 ball, 432 km;
- Sirdaryo viloyatida 2−3 ball, 433 km;
- Farg‘ona viloyatida 2−3 ball, 442 km;
- Andijon viloyatida 2 ball, 503 km;
- Namangan viloyatida 2 ball, 504 km;
- Toshkent shahrida 2 ball, 511 km.