Parijda 8−17-iyul kunlari para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi va unda O‘zbekiston terma jamoasi 17 ta medal — 6 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin:
- Doniyor Saliyev — T12 klassida uzunlikka sakrash;
- Izzat Turg‘unov — T36 klassida uzunlikka sakrash;
- Xusniddin Norbekov — F35 klassida yadro uloqtirish;
- Bobirjon Omonov — F41 klassida yadro uloqtirish;
- Nurxon Qurbonova — F54 klassida nayza uloqtirish;
- Asilya Mirzayorova — T11 klassida uzunlikka sakrash.
Kumush:
- Yorqinbek Odilov — F57 klassida nayza uloqtirish;
- Qudratillaxon Ma’rufxo‘jayev — F37 klassida yadro uloqtirish;
- Mohigul Hamdamova — F57 klassida disk uloqtirish;
- Nozimaxon Qayumova — F13 klassida nayza uloqtirish;
- Yoqutxon Xolbekova — T12 klassida uzunlikka sakrash;
- Safiya Burxonova — F12 klassida yadro uloqtirish;
- Kubaro Hakimova — F41 klassida yadro uloqtirish.
Bronza:
- Elbek Sultonov — F12 klassida yadro uloqtirish;
- Tolibboy Yo‘ldoshev — F37 klassida yadro uloqtirish;
- Dilafruzxon Axmatxonova — F35 klassida yadro uloqtirish;
- Nurxon Qurbonova — F54 klassida yadro uloqtirish.
Ushbu natija tufayli O‘zbekiston paraatletlari umumjamoa hisobida sakkizinchi o‘rinni egallab, 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga 19 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.