Dilmurod Bekmuradovich Ergashev Muratxon Egamqulovning o‘rniga Navoiy shahri hokimi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
U 1979-yilda Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tug‘ilgan. Navoiy davlat konchilik institutini tamomlagan.
2017−2020-yillarda Karmana tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2020−2021-yillarda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK kapital ta’mirlash boshqarmasi boshlig‘ining sanoat obyektlari qurilishi bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘ining sanoat obyektlarini qurish bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan.