“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni 2023-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari loyihalari 2023-yilning 31-iyulidan boshlab regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallarida keng jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi xabar qildi.
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishlar doirasida amalga oshirilishi belgilandi:
- har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
- barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash;
- suv resurslarini tejash va atrof muhitni muhofaza qilish;
- qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
- mamlakatni xavfsiz va tinchliksevar davlatga aylantirish ishlarini davom ettirish.
Fuqarolar loyihalarning muhokamasida ishtirok etib, o‘z takliflarini regulation.gov.uz va 2030.strategy.uz portallariga yuborishi mumkin.
Jamoatchilik muhokamasi 2023-yil 9-avgustga qadar davom etadi.