Hindistonda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 11 ta — 2 oltin, 4 kumush va 5 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medal:
- -67 kg: Nurillo Davlatboyev (o‘smirlar, siltab ko‘tarish);
- -67 kg: Husinboy Matrasulov (yoshlar, dast ko‘tarish).
Kumush medal:
- -67 kg: Nurillo Davlatboyev (o‘smirlar, dast ko‘tarish va ikki kurash);
- -67 kg: Husinboy Matrasulov (yoshlar, siltab ko‘tarish va ikki kurash).
Bronza medal:
- -61 kg: Azizbek Shomurodov (o‘smirlar, 3 ta yo‘nalishda);
- -67 kg: Diyorbek Ro‘zmetov (yoshlar, siltab ko‘tarish va ikki kurash).
Chempionat 5-avgustga qadar davom etadi.