1-avgust kuni xalq deputatlari Kegeyli tuman kengashining navbatdan tashqari 75-sessiyasida Aybek Kudabayevich Kamalovni Kegeyli tumani hokimi lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.

Aybek Kamalov bu lavozimda 2020-yilning dekabridan buyon ishlab kelgan Davletbay Utemuratov o‘rnida ish boshladi.

Kamalov Qoraqalpog‘iston Davlat soliq boshqarmasi, O‘zbekiston Soliq qo‘mitasida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston bo‘yicha sektor mudiri lavozimlarida ishlagan.

Tayinlovga qadar prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi sho‘'basi bosh inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.