Termiz hamda Urganch davlat pedagogika institutlariga rektorlar tayinlandi, deya xabar bermoqda O‘zA. Bu haqda 2-avgust kuni hukumatning [№328] tegishli qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, Xasanov Azizbek Baxtiyarovich Termiz davlat pedagogika institutining rektori etib tayinlandi. Shu vaqtgacha bu lavozimda Ilyos Xasanov ishlab kelayotgandi.

rektor, термиз, урганч

Foto: Feruza Madraximova.

Urganch davlat pedagogika institutiga esa Madraximova Feruza Ruzimbayevna rektor bo‘ldi. U bungacha Toshkent davlat pedagogika universitetining prorektori edi. Urganchda esa shu vaqtgacha intitut rahbari lavozimda ishlab kelgan Jumanazar Yarmetovning o‘rnini egalladi.