Shavkat Mirziyoyev 4-avgustda Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston prezidenti 4-avgust kuni amaliy tashrif bilan Ashxobod shahrida bo‘ladi. U yerda oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammitida ishtirok etish rejalashtirilgan.

Toshkent jamoat transportida yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda

Yaqin kunlarda poytaxt jamoat transportidan foydalanish uchun yo‘lkira narxlari oshishi kutilmoqda. Transport kartasidan to‘lov 1600 so‘m, naqd pul va bank kartasidan to‘lov esa 2000 so‘mgacha oshadi. Shuningdek, yo‘lovchilarga kunlik, oylik va yillik moslashuvchan tarif rejalari taklif etiladi.

Toshkentda Malibu avtobus bilan to‘qnashib ketdi

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek shohko‘chasida Malibu yengil avtomobili qayrilib olmoqchi bo‘lgan Yutong avtobusi bilan to‘qnashib ketdi.

2030-yilga kelib avtobuslarning barchasi elektrobus bo‘ladimi?

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasi loyihasida mamlakat jamoat transportini “elektrobus va elektromobillar” bilan yangilash taklif etilgan. Shuningdek, jamoat transportini ekologik toza yoqilg‘iga o‘tkazish nazarda tutilgan. Hujjatda elektrda harakatlanuvchi transportlarning boshqa turlari keltirilmagan.

O‘zbekistonda 5,5 yil ichida ko‘pxotinlilik uchun 38 kishi sudlandi

O‘zbekistonda so‘nggi 5,5 yil ichida 38 nafar erkak ko‘p xotinli bo‘lishda ayblanib sudlandi, ularning 4 nafari 2023-yilning birinchi yarmiga to‘g‘ri keldi.

Sayrga chiqqan Sibir tog‘ echkisi, yovvoyi cho‘chqa va bo‘rilar — Chotqol qo‘riqxonasidan yangi kadrlar

Toshkent viloyati Ekoboshqarmasi Maydontol hududida Sibir tog‘ echkisi, yovvoyi cho‘chqa va bo‘rilarning fotoqopqonga muhrlangan tasvirlarini e’lon qildi. Video.

Oliy sudda ko‘riladigan ishga da’vogar sifatida borgan erkak yurak xurujidan vafot etdi

Oliy sudning Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida shikoyati ko‘rilishi uchun da’vogar sifatida borgan 66 yoshli erkak kutish xonasida yurak xurujidan vafot etdi. Oliy sud majlis o‘z vaqtida boshlanganini ma’lum qildi.

Jamshid Qo‘chqorov Iqtisodiyot va moliya vazirligini boshqaradi

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov iqtisodiyot va moliya vaziri etib tasdiqlandi. Iqtisodiyot va moliya vaziri Sherzod Kudbiyev ma’muriy islohotdan 7 oy o‘tib yana Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga qaytdi.

Farg‘onada taksi haydovchisi va fuqaroning janjaliga tomoshabin bo‘lib turgan IIB xodimlari ishdan bo‘shatildi

Farg‘onada haydovchisi va fuqaro janjali vaqtida bezoriga nisbatan chora ko‘rmagan IIB xodimlari ishdan olindi. Patrul-post xizmati bataloni komandiriga nisbatan hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Namanganda soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Namangan shahri soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari tadbirkorning yopib qo‘yilgan hisobraqamini ochib berish evaziga 2000 dollar pora talab qilgani, pulni olishda yurist (sobiq DSI xodimi) yordamlashgani aytilmoqda. Hozirda 2 shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

“Gazeta.uz"da e’lon qilingan maqolalar:

Oy materiali — “Qishloqdagi abituriyent do‘stimga” fotohikoyasi qanday tayyorlangan?

“Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati e’lon qilinayotgan maqolalar orasidan har oy eng yaxshisini tanlab, uning mualliflari bilan alohida videosuhbat uyushtirishga qaror qildi. Iyul yakuniga ko‘ra, jurnalist Xolida Musulmonning “Qishloqdagi abituriyent do‘stimga” fotohikoyasi oy materiali deb topildi.

“Xalqi savodsiz davlat — kuchsizdir”. Vetnam qanday qilib ta’limda ilg‘or mamlakatga aylandi?

Ta’limning qiymatini o‘z vaqtida anglagan, eng murakkab davrlarda ham sohani o‘z holiga tashlab qo‘ymagan, ko‘p sonli aholisi va nisbatan kichik iqtisodiyoti bilan ta’limga yuqori ustuvorlik bergan Vetnam bugun aksariyat ko‘rsatkichlarda mintaqada yetakchilik qilib, rivojlangan davlatlar bilan raqobatlashmoqda.