3-avgust kuni xalq deputatlari Mirishkor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida G‘ulomov Fayzullo Qurbonovich tuman hokimi etib tasdiqlandi, deya xabar bermoqda Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Bungacha tumanni hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi Anvar Sariqov boshqargan.

Fayzullo G‘ulomov 1974-yilda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

U tayinlovga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.