O‘zbekiston aholisi 36,4 mln kishini tashkil etmoqda, ularning eng ko‘pi Samarqandda yashaydi

Statistika agentligi 1-iyul holatiga O‘zbekiston doimiy aholisi 36,4 mln kishini tashkil etishini bildirdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida (4 mln 159 ming), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (904,9 ming) yashaydi. Demografik ko‘rsatkichlar.

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaning 20 mln funt sterlingdan ortiq qiymatdagi mulkini musodara qildi

Britaniya hukumati Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan ikkita kvartira va uyni musodara qildi. Ta’kidlanishicha, ular O‘zbekistondagi korrupsion faoliyatdan olingan daromadlar evaziga sotib olingan. Mulklarning umumiy qiymati 20 mln funt sterlingdan ortiqqa baholanmoqda.

Toshkentda 8 yoshli qizni o‘pib, uyatsiz harakatlar qilgan 63 yoshli erkak ushlandi

Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘chada 63 yoshli erkak 8 yoshli qizni o‘pib, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qildi. Toshkent shahri IIBB erkak ushlangani va holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirdi.

O‘zbekiston va YeI Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirish niyatida

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini bildirdi.

JSST xavfli ekani bo‘yicha ogohlantirish bergan Cold Out siropi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan — SSV

JSST shamollashga qarshi Cold Out siropi namunasi Iroqdagi tahlilda sifat talablariga javob bermagani uchun uning xavfidan ogohlantirdi. Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi esa xavotirga o‘rin yo‘qligi va bu dori O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tmaganini bildirdi.

Surxondaryoda “Farg‘ona azot"ga qarashli omborxonada yong‘in chiqdi

Termiz tumanida “Farg‘ona azot"ga qarashli ko‘mir saqlanadigan omborxona yonib ketdi. 5 ta qutqaruv ekipaji yong‘inni 1 soat davomida o‘chirdi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasida ishtirok etishi mumkin bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarolari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkin bo‘ldi.

Bosh prokurorga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan bosh prokurorga ikki o‘rinbosar, Namangan, Andijon va Samarqand viloyatlariga yangi prokurorlar tayinlandi. Shuningdek, Toshkent shahri prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Ikrom Narimov O‘zbekiston transport prokurori bo‘ldi.

Andijon tibbiyot institutining qator rahbarlari lavozimidan ozod etildi

Andijon tibbiyot institutining 5 nafar mas’ul xodimi “faoliyatida jiddiy kamchilik va qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygani sababli” ishdan bo‘shatildi. Oliygoh rektori ham lavozimini tark etishi mumkin. Iyul oyida institutning ikki xodimi 16 ming dollar olayotgan vaqtda qo‘lga tushgandi.

Buxoroda 4 dona sof quyma oltin bo‘lagini sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

Shofirkon tumanida 4 dona sof quyma oltin bo‘lagini 7 ming dollar va 300 mln so‘mga sotgan fuqarolar qo‘lga olindi.

Toshkentda Malibu urib yuborgan 74 yoshli piyoda vafot etdi

Yakkasaroy tumanida 21 yoshli haydovchi boshqaruvidagi Malibu yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan keksa yoshli piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgan.

Toshkent viloyatida 56 yoshli erkak pichoqlab o‘ldirildi

Olmaliq shahrida 48 yoshli erkak 56 yoshli erkakni o‘zaro kelishmovchilik oqibatida pichoqlab o‘ldirdi. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

Buxoroda 5 kunlik chaqaloq ko‘chaga tashlab ketilgani aniqlandi

Qorako‘l tumanida 28 yoshli ayol 5 kunlik chaqalog‘ini ko‘chaga tashlab ketgani aniqlandi. IIB xodimlari tomonidan topilgan chaqaloq shifoxonaga yotqizilib, mutaxassislar nazoratiga olindi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.