Bayram Perdebayevich Otemuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges axborot xizmati xabar berdi.
Otemuratov raisga yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlik qiladi.
Bayram Otemuratov 1977-yilda respublikaning Qorao‘zak tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 1999-yilda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining matematika yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichini tamomlagan.
Tayinlovga qadar u Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti rektori bo‘lgan.
Avvalroq xuddi shu lavozimda ishlab kelgan Abatbay Daniyarov Nukus shahrining yangi hokimi etib tayinlangandi.